AQSHda o‘zbekistonlik ayol eri tomonidan o‘ldirildi
3-sahifa
−
19 mart
25149Joriy yilning 16 mart kuni o‘zbekistonlik 43 yoshli Durdona Sultonova AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Montgomeri okrugidagi uyida sobiq eri tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda "The Times Herald" nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, Sultonovaning 44 yoshli Al Allaberg ismli sobiq turmush o‘rtog‘i ayolning xonadoniga bostirib borgan va uning ko‘krak qafasiga bir necha marta o‘q uzgan. Sobiq xotinining o‘lganiga ishonch hosil qilgan Allaberg o‘zining boshiga o‘q otib, joniga qasd qilgan.
Rasmiylar 17 mart kuni Quyi Morelend shaharchasida qotillik va o‘z joniga qasd qilish holati sodir bo‘lgani haqida xabar bergan. Rasmiy bayonotda ayolning o‘limi qotillik, erkakniki esa o‘z joniga qasd qilish sifatida keltirilgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Politsiyaga 17 mart kuni 911 raqami orqali ikki nafar voyaga yetmagan bolalar qo‘ng‘iroq qilgan. Ular 16:38 lar atrofida jinoyat sodir etilgan xonadonga yetib borgan. Jasadlar uyning yotoqxonasidan topilgan. Bildirilishicha, 12 va 10 yashar bolalar marhum er-xotinning farzandlari bo‘lgan. Ayni damda ular xolasining qaramog‘ida ekani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Durdona Sultonova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti bitiruvchisi bo‘lib, magistraturani Yaponiyada o‘qigan. Keyin esa AQSHga ko‘chib o‘tgan. Uning eri ham JIDU bitiruvchisi bo‘lgan.
"16 mart kuni do‘stimiz Dana sobiq eri tomonidan o‘ldirildi, keyin u o‘zini ham o‘ldirgan. Ularning 12 va 10 yoshli ikki farzandi qoldi. Sen mudom qalbimizda yashaysan. Sening endi yo‘qligingga ishongim kelmayapti", deya munosabat bildirgan ayolning do‘stlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 mart kuni Nyu-Yorkda bayram ziyofati paytida xotiniga kamida ikki marta pichoq urib, jiddiy jarohat yetkazgan 46 yoshli o‘zbekistonlik Jamshid Ne’matov politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan edi.
LiveBarchasi