FIFA Infantinoni AQŞdagi soliq majburiyatlaridan ozod qildi – OAV
Sport
−
12:06 301 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) öz prezidenti Janni Infantinoni 2026 yilgi Jahon çempionatiga tayyorgarlik jarayonida AQŞda bölgan davri uçun soliq tölaş majburiyatlaridan ozod qildi. Bu haqda “The New York Times” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, şveysariyalik hisobçi Bruno Çiomento 2024 yilda Bangkokda bölib ötgan yiğilişda Janni Infantino Jahon çempionati oldidan Şveysariyadan AQŞga köçib ötganini ma’lum qilgan va soliq tölovlari masalasini kötargan.
Yiğilişda FIFA Infantinoning soliq majburiyatlarini töliq qoplaşga qaror qilgan. Bu uç yil davomida jami 4 million dollar tölanişini anglatadi. FIFA hisobotlariga köra, taşkilot prezidentining yillik maoşi 6 million dollarni taşkil etadi.
Naşrning qayd etişiça, Bangkokda ma’qullangan soliq imtiyozlari rasmiy hisobotlarda aks etmagan. Bu esa FIFA’ning bir qator yuqori lavozimli amaldorlari orasida tuşunmovçiliklarga sabab bölgan.
Ma’lumot uçun, 56 yoşli Janni Infantino 2016 yil fevral oyida FIFA prezidenti etib saylangan. Keyinçalik u ikki marta raqibsiz qayta saylangan. FIFA prezidenti lavozimi uçun navbatdagi saylov 2027 yil mart oyida bölib ötişi rejalaştirilgan.
Live
Barchasi