AQŞ Eronga yaşirinça zarba berdi – WSJ

Olam

−

image

AQŞ Eronning janubiy qirğoği yaqinida joylaşgan Keşm oroliga zarba berdi. Amerika tomoni sönggi bir neça oy davomida Eronga kiçik hujumlarni yaşirin ravişda amalga oşirib kelayotgani, biroq ularni rasman tasdiqlamayotgani aytilmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Naşr manbalariga köra, bu galgi zarbalar Hormuz böğozida kemalarga qarata raketa uçiriş nuqtalariga yönaltirilgan.

“Axios” jurnalisti Barak Ravidning yozişiça, keça, 2 noyabr kuni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Keşm orolidan Hormuz böğozida bölgan AQŞ samolyotiga qarata raketa uçirgan. Bunga javoban Amerika qiruvçi samolyoti özini himoya qiliş maqsadida yerdan havoga raketa uçiruvçi qurilmani yöq qilgan. Bu haqda jurnalistga amerikalik rasmiy ma’lum qilgan.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 2 noyabr kuni Eron bilan uruş qayta boşlanişi ehtimolini rad etgan edi.

“Biz Eron bilan uruş olib bordik. Biz ğalaba qozondik. Buni hatto uruş deb ataş mumkinmi yoki yöqmi, bilmayman, çunki bir neça oydan beri jang qilmayapmiz”, degan Tramp.

Ma’lumot uçun, AQŞ Markaziy qömondonligi sönggi bor 1 sentyabr kuni Eronga zarba berilganini rasman e’lon qilgan. Öşanda Amerika qöşinlari Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi infratuzilmasi, jumladan, havo hujumidan mudofaa ob’ektlari, radiolokatsiya tizimlari, dengiz inşootlari va aloqa vositalariga zarba bergan.

Eron Taşqi işlar vazirligi öşanda zarbalardan biri mamlakat janubidagi Hurmuzgon viloyatida töy marosimi ötkazilayotgan joyga tekkanini bildirgan. Viloyat gubernatori örinbosari Ahmad Nafisiy kamida ikki kişi halok bölgani, 50 dan ortiq odam jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 31 oktyabr kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar va harbiy harakatlarni qaçon qayta boşlaş masalasi yuzasidan muloqot ötkazgan edi. Manbalar ma’lumotlariga köra, Netanyaxu Trampni bugun, 3 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlardan keyin darhol Eronga zarba berişga undamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing