Nyu-Yorkda 30 yildan beri ilk bor qizamiqdan bola vafot etdi
Olam
−
08:50 345 2 daqiqa
AQŞning Nyu-York ştatida qizamiq bilan kasallangan bola vafot etdi. Bu ştatda sönggi 30 yil içida uşbu kasallikdan qayd etilgan ilk ölim holati böldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bola Nyu-York ştatining şimoliy qismidagi Lyuis okrugida vafot etgan. Bu hudud Sirakuz şahridan 150 kilometr şimolda joylaşgan. Bu haqda ştat gubernatori Keti Xokul keça, 2 noyabr kuni ma’lum qilgan.
Naşrga köra, AQŞda 2000 yilda emlaş darajasini yuqori saqlaş orqali qizamiqning mamlakat içida tarqalişiga barham berilgan edi. Biroq sönggi yillarda emlanganlar uluşi kamayib, kasallik tarqalişining oldini oliş uçun zarur bölgan 95 foizlik körsatkiçdan pastga tuşgan.
Keti Xokul bolaning ölimini oldini oliş mumkin bölgan kasalliklardan himoyalaniş borasida erişilgan yutuqlar xavf ostida ekanining aççiq eslatmasi deb atagan. Uning ta’kidlaşiça, bunga Vaşingtonning uşbu yönalişdagi siyosati ham ta’sir körsatmoqda.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazi joriy yilda mamlakatda qizamiq bilan boğliq uçta ölim holatini tasdiqlagan. Biroq ştat soğliqni saqlaş idoralari bundan köproq holat haqida xabar bergan. Xususan, Pensilvaniyada yil boşidan buyon qizamiqdan beş kişi vafot etgan, yana bir ölim holati tekşirilmoqda.
Ma’lumot uçun, Keti Xokul oktyabr oyi boşida qöşni ştatlar va Nyu-Yorkning qişloq hududlarida qizamiq bilan kasallaniş holatlari qayd etilgani sababli favqulodda holat e’lon qilgan. Qaror bilan qizamiqqa qarşi emlaş huquqiga ega tibbiyot xodimlari doirasi kengaytirilib, feldşerlar va doyalarga ham bunday vakolat berilgan. Şuningdek, hamşiralarga şifokorlar bilan bir qatorda tahlillar tayinlaşga ruxsat etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyada asosan çorva hayvonlarida uçraydigan Şamonda virusini yuqtirgan ilk inson vafot etgandi.
Live
Barchasi