Nyu-York metrosi tarixda ilk bor yopildi

Olam

image

Nyu-York metrosi o‘z tarixida birinchi marta dezinfeksiyalash uchun bir necha soat davomida yopildi. 

Xabarlarga ko‘ra, poyezdlar 00:00 dan ertalabki soat 05:00 ga qadar to‘xtatilgan. Bu vaqtda metropoliten aholisi, asosan, tibbiy markazlarga tutashgan yo‘nalishlarni bog‘laydigan maxsus avtobus xizmatidan foydalangan.

1904 yilda ochilgan Nyu-York metrosi kuniga 5,6 million kishini tashiydi. Koronavirus pandemiyasi paytida yo‘lovchilar oqimi 90 foizga kamaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda 1,2 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 71 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Avvalroq, Nyu-Yorkda 15 nafar bolada koronavirus aniqlangani va bu holat shahar meri Bill de Blazioni jiddiy tashvishlantirayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing