Nyu-York meri shaharga migrantlarni tashiydigan kompaniyalardan pul undirmoqchi

Olam

image

Nyu-York meri Erik Adams muhojirlarni shaharga tashiydigan transport kompaniyalarini sudga berib, ularning shaharda qolishi uchun yuzlab million dollar talab qilmoqda. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

"Nyu-York shahri ushbu insonparvarlik inqirozini hal qilish uchun o‘z hissasini qo‘shgan va har doim yordam beradi, ammo biz Texasning o‘ylamasdan qilgan siyosiy hiyla-nayranglari xarajatlarini o‘z zimmamizga olmaymiz", deydi Adams.

U Texas gubernatorining Nyu-Yorkka o‘n minglab muhojirlarni tashish rejasida ishtirok etgan 17 kompaniyaga qarshi sudga da’vo kiritishini bildirgan.

Adamsning ta’kidlashicha, Nyu-York "ko‘chalarda yoki vaqtinchalik boshpanalarda qolayotgan" minglab muhojirlar bilan kurashishda qiynalmoqda. Uning fikricha, bu muammo shaharni vayron qiladi.

Qayd etish joizki, o‘tgan yilning sentyabr oyi oxirida Nyu-York shtati gubernatori Keti Xochul migrantlar inqiroziga qarshi kurashish uchun 150 nafar Milliy gvardiya a’zolarini faollashtirib, shtat darajasida joylashtirilgan askarlarning umumiy sonini 2050 nafarga yetkazgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Texas, Arizona va Florida hukumatlari Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Qo‘shma Shtatlarga kirgan xorijliklarni ommaviy ravishda Vashington, Nyu-York va boshqa yirik shaharlarga avtobus bilan jo‘natishni boshlagan. Shu tariqa ular AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘ta yumshoq migratsiya siyosatiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Adliya vazirligi politsiyaga mamlakatga noqonuniy kirgan muhojirlarni hibsga olishga ruxsat beruvchi yangi qonun yuzasidan Texas shtatini sudga bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh N'yu-York Texas migrantlar muhojirlar Erik Adams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made