Kurs UZS

USD

12 980.89

11.33

EUR

14 722.93

-45.51

RUB

158.67

1.58

O‘zbekcha choyxona. Nyu-York meri nimada ayblanmoqda?

Tahlil

AQSH Adliya vazirligi Nyu-York meri Erik Adams ustidan ochilgan korrupsiya ishi bo‘yicha tergovni tugatishni buyurdi. Bosh prokuror o‘rinbosari Emil Bove Nyu-York janubiy okrugi prokurorlariga xizmat yozuvi yuborib, ular merga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qilishlari kerakligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi tergov olib borgan prokurorlarning halolligi va sa’y-harakatlarini shubha ostiga qo‘ymaydi, shuningdek, ularning taqdim etgan dalillarini ham inkor etmaydi. Biroq tergov Nyu-York merining noqonuniy immigratsiya va shaharda zo‘ravonlik jinoyatlariga qarshi kurashishiga to‘sqinlik qilgani sababli yopilishi lozim deb topilgan. 

Emil Bove, shuningdek, Erik Adamsga qarshi ayblovlar Nyu-York meri uchun bo‘ladigan saylovlardan keyin qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgan. Ushbu saylovlar joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladi.

Nyu-York meriga qo‘yilgan ayblovlar. O‘zbekistonlik tadbirkor bunga aloqadormi? north_east

Nyu-York meriga qo‘yilgan ayblovlar. O‘zbekistonlik tadbirkor bunga aloqadormi?

Ayblovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi qaror hali  prokurorlar tomonidan rasmiy ravishda taqdim etilishi va ishni nazorat qiluvchi sudya tomonidan tasdiqlanishi kerak.

O‘zi aslida mer nimada ayblanayotgandi? Nega biz o‘zimizni hokimlar qolib, huuuv dunyoning bir chekkasidagi shahar rahbari haqida so‘z ochdik? O‘tgan yilning sentyabr oyi oxirlarida Adamsga 5 ta alohida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. QALAMPIR.UZ uning jinoyat ishi bo‘yicha shakllantirilgan 57 sahifadan iborat ayblov xulosasi bilan tanishib chiqqan edi. Unda, jumladan, poraxo‘rlik, chet eldan noqonuniy xayriya so‘rash, firibgarlik, chet ellik boy biznesmenlar va turk hukumati amaldoridan hashamatli sayohatlar hamda dabdabali sovg‘alarni qabul qilish singari ayblovlar o‘rin olgan. Ayblov xulosasida Adamsning Bruklin tumani rahbari bo‘lgan davridan to mer bo‘lgan davrigacha qariyb o‘n yillik korrupsiyaviy boshqaruvi haqida ham so‘z boradi. Eng qizig‘i unga qo‘yilgan ayblovlar hujjatida ayrim o‘zbekistonliklarning ham ismi tilga olingan.

Batafsil tafsilotlarni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Erik Adams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing