Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Sud Nyu-York merining korrupsiya bo‘yicha ishini yopdi – OAV

Olam

image

Nyu-York shtatining janubiy okrugi sudi Nyu-York meri Erik Adamsga nisbatan korrupsiya ishini yopdi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sudya Deyl Xo ishni qayta ochish huquqisiz to‘xtatgan. O‘z xulosasida sudya sud organlarining ayblov tomonidan jarayonni davom ettirishni talab qilish vakolati yo‘qligini qayd etgan.

Joriy yilning fevral oyida AQSH Adliya vazirligi bu ishni yopish talabini ilgari surgandi. Bunga asos sifatida sud jarayoni shahar hokimiga AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining noqonuniy immigratsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirishda xalal berayotganini va Adamsning saylovoldi kampaniyasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan. Nyu-York meri saylovi 2025 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekcha choyxona. Nyu-York meri nimada ayblanmoqda? north_east

O‘zbekcha choyxona. Nyu-York meri nimada ayblanmoqda?

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 26 sentyabrida federal prokuratura Adamsga korrupsiya ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan edi. Ayblov tarafining bayonotida shahar hokimi pora olgani va saylovoldi kampaniyasi uchun noqonuniy xayriya mablag‘larini, jumladan, xorijiy manbalardan qabul qilgani aytilgan. “The New York Times” nashriga ko‘ra, siyosatchi 2021 yilda Turkiya hukumati vakillaridan noqonuniy xayriya pullari olgan bo‘lishi mumkin.

Nyu-York meri o‘z aybini tan olmagan va saylovoldi kampaniyasi AQSH qonunchiligiga to‘liq muvofiq o‘tganini ta’kidlagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Erik Adams N'yu-York meri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing