Nensi Pelosi AQSH Kongressidagi lavozimini qayta egalladi

Olam

image

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining 117-chaqiriqdagi tarkibi ishga kirishgani haqida xabar bergan edik.

Kongressning quyi Vakillik palatasi o‘ziga yangi spikerni sayladi. DemokratNensi pelosi quyi palataning spikeri etib saylandi.

80 yoshli Demokratlar vakili 216 nafar kongressmenning ovozini olgan. U 55 yoshli respublikachi Kevin Makkartini ortda qoldirdi. Uni 209 nafar qonunchi qo‘llab-quvvatladi.

Spikerni saylash jarayoni kongressmenlarning partiyasiga qarab bo‘ladi. 3 noyabrdagi saylovlardan keyin Vakillar palatasidagi mandatlari soni qisqargan bo‘lsa-da, ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qolgan.

Makkarti haqiqatda barcha respublikachilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Biroq demokratlardan bir qanchasi Pelosiga ovoz berishdan bosh tortdi: uch nafari o‘z ovozini hech kimga bermadi, yana ikki nafari boshqa partiyadoshlarini qo‘lladi. Qator kongressmenlar esa umuman majlisda qatnashmadi.

Shu tariqa Pelosi 216 nafar deputat ovozi bilan qayta spiker bo‘ldi. u to‘rtinchi marta quyi palataga bosh bo‘lyapti. U bungacha Kongressning 116, 110 va 111-chaqiriqlarida Vakillar palatasiga spiker bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nensi Pelosi

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing