MYUning yosh yulduzi O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
26 aprel 2023
9243“Manchester Yunayted” vingeri Alexandro Garnacho 20 yoshgacha bo‘lgan Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionatida o‘ynashga qaror qildi. Bu qarori tufayli Garnacho APLning kamida 4 ta o‘yinini va Angliya kubogi finalini o‘tkazib yuboradi. Argentina terma jamoasi Jahon chempionatining ochilish o‘yinida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida Garnacho fonida oldingi “kichik mundial”larda ro‘y bergan qiziq holatlarni eslatib o‘tdi.
“Hozirgi holatda O‘zbekiston va Argentina terma yoshlar jamoalarining bir guruhdan joy olgani 2003 yilgi mundialni eslatadi. O‘shanda “Albiceleste”ning asosiy yulduzi Karlos Teves edi va shunga o‘xshash vaziyatda “Boka Xuniors” klubi rahbariyati qit’alararo kubok o‘yinini nazarda tutib, futbolchini Jahon chempionati boshlanishiga qadar terma jamoaga qo‘yib yubormagandi. Terma jamoa ustozi Xose Pekerman esa qolgan o‘yinlarda nafaqat futbolchi xizmatidan bosh tortdi, balki uning o‘rniga hech kimni chaqirmadi”, deydi Nikimbayev.
Shuningdek, Nikimbayev o‘sha mundialda Ispaniya jamoasi bilan bog‘liq holatni ham ta’kidlab o‘tdi.
“O‘shanda O‘zbekistonning guruhidagi yana bir jamoa Ispaniya bo‘lib, “qizil furiya” “Atletiko Madrid” ruxsat bermagani uchun Jahon chempionatida Fernando Torres xizmatlaridan foydalana olmagan edi”, deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.
LiveBarchasi