MYU bugungidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi – Yurgen Klopp

Sport

image

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premer ligasi 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan so‘ng jurnalistlar savoliga javob berdi.

“Agar biz o‘sha paytda ham chempionlik kurashida bo‘lsak, 11 may kuni MYUni qo‘llab-quvvatlayman. “Arsenal” juda ajoyib jamoa, MYU “Liverpul” bilan bahsdagidek o‘ynasa, “Arsenal” g‘alaba qozonadi, bunga 100 foiz ishonchim komil”, deydi Klopp.

Ma’lumot uchun, MYUga qarshi (2:2) durangdan so‘ng ”qizillar” turnir jadvalida peshqadam “Arsenal” bilan bir xil 71 ochkoga ega, biroq ”kanonirlar” to‘plar nisbati evaziga mersisaydliklardan oldinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Liverpul' Yurgen Klopp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing