MYU yana bir antirekord o‘rnatdi
Sport
−
13 dekabr 2023
3180“Manchester Yunayted” ushbu mavsumda har xil antirekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda. Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) guruh bosqichi yakunida Erik ten Xag jamoasi to‘rt ochko bilan guruhda to‘rtinchi o‘rinni egalladi va bu klub tarixidagi eng yomon natija bo‘ldi.
Joriy mavsumda “qizil iblislar” YeCHLda bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda g‘alaba qozondi – o‘z maydonida “Kopengagen”ni mag‘lub etdi (1:0), keyin esa “Galatasaroy” bilan safarda durang o‘ynadi (3:3). Qolgan o‘yinda “Manchester Yunayted” o‘sha raqiblarga mag‘lub bo‘ldi va “Bavariya”ga yana ikki bor imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, “Manchester Yunayted” o‘z tarixida oltinchi marta Yevropa Chempionlar ligasida guruh bosqichidan chiqa olmadi. E’tiborlisi, avvalgi besh holatda klub har doim kamida olti ochko to‘plagan.
Yevropa Chempionlar ligasining so‘nggi 10 ta mavsumida Manchester jamoasi 3 marta turnirning pley-off bosqichiga yo‘l olgan.