“Inter” – “Barselona” uchrashuvida muxlis yurak xurujiga uchradi

Sport

image

“San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Inter” - “Barselona” (4:3) javob o‘yini chog‘ida bir muxlis yurak xurujiga uchradi. Bu haqda “Il Fatto Quotidiano” xabar berdi.

Hodisa o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida sodir bo‘lgan. Yoshi 40 dan oshgan erkak stadionni tark etayotganda hushini yo‘qotgan. Shifokorlar to‘rtta defibrilator zarbasi va kardiopulmoner reanimatsiyani o‘tkazgan, shundan so‘ng ular yurak ritmini tiklagan. Bemor intubatsiya qilindi, tibbiy komaga tushdi va San-Karlo kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemorning holati yaxshi. Yurak xurujining sababi kuchli hissiy stress bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Inter” PSJga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noma’lum shaxs PSJ-“Arsenal” o‘yinidan keyin mashinasini parijlik muxlislar ustiga haydagani va hodisa oqibatda 3 kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Inter San-Siro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing