“Manchester Yunayted” Garnachoga narx belgiladi
Sport
−
14 yanvar
912Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi vinger Alexandro Garnachoni sotuvga qo‘ydi va unga narx belgiladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “mankunianliklar” argentinalik futbolchini qishki transferlar oynasidayoq 60 million yevroga sotish niyatida. Ayni damga kelib, Garnachoga asosiy xaridor Italiyaning “Napoli” klubi bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, neapolliklar murabbiyi Antonio Konte gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliya jamoani tark etadigan bo‘lsa, Alexandro Xvichaning o‘rnini egallashini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Argentinalik vinger joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Garnachoning narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Kvaratsxeliya uchun PSJ 100 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar