“Napoli” prezidenti De Laurentis sudga tortildi
Sport
−
21 noyabr 1082 1 daqiqa
Italiyaning “Napoli” klubi prezidenti De Laurentis Rim sudi tomonidan 2019, 2020 va 2021 yillardagi moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Shuningdek, De Laurentisning uzoq yillik hamkori Andrea Chiavelli va klubning o‘zi ham sudga tortildi. Bu haqda “Ansa” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klubning ikki yirik transferi, 2019 yilda “Roma”dan Kostas Manolas va 2020 yilda Viktor Osimhenni “Lill”dan “Napoli”ga olib kelish bilan bog‘liq. Prokurorlarga ko‘ra, ularning baholari “Napoli”ning moliyaviy ahvolini sun’iy ravishda yaxshilash uchun oshirilgan.
De Laurentisning yuridik guruhi qarorni “ajablanarli” deb atab, ayblovlarni bekor qilishni talab qilmoqda.
“Biz sudyaning qaroridan butunlay hayratda qoldik. Ayblanuvchilarni oqlash uchun barcha asoslar bor edi, chunki prokuratura, xususan, Moliyaviy gvardiya buxgalteriya hisobining eng oddiy tamoyillarini ham buzgan”, deya izoh bergan De Laurentisning advokati.
Sud jarayoni boshlangach, De Laurentis va “Napoli” moliyaviy masalalardagi ayblovlarga javob berishi kutilmoqda, ammo klubga sport maydonida hech qanday salbiy oqibatlar kutilmaydi. To‘liq sud jarayoni 2026 yil 2 dekabrda boshlanishi belgilangan.