Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Shomurodov 80 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda “Roma” durang qayd etdi

Sport

image

3 fervarlga o‘tar kechasi Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida “Roma” o‘z uyida “Napoli”ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

O‘yinning 29-daqiqasida Leonardo Spinatsola mehmonlar foydasiga hisobni ochdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan berilgan vaqtning 2-daqiqasida, ya’ni 90+2-daqiqada rimliklar himoyachisi Anxelino hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mazkur bahsda “Roma” tarkibida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurdov 80 daqiqa faol harakat qildi va zaxiraga olindi.

Shu tariqa, “Roma” o‘z ochkolarini 31 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 9-o‘rinni band etmoqda. So‘nggi daqiqalarda g‘alabadan quruq qolgan “Napoli” 54 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Roma Italiya A Seriyasi Eldor Shomurdov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing