“Real”ning yangi futbolchilari MYUni ayab o‘tirmadi

Sport

image

AQSHning Xyuston shahridagi NRG stadionida “Real” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs Ispaniya klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi gol angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem tomonidan kiritildi. “Qaymoqranglilar” safida Bellingem debyut golini urdi. U bahsning oltinchi daqiqasidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger esa o‘z nomiga assist yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvning 89-daqiqasida Madrid klubiga yana bir yangi kelgan ispaniyalik hujumchi Xoselu ham debyut golini kiritdi. Unga hamyurti Lukas Vaskes golli uzatma yetkazib berdi.

“Real Madrid” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini “Barselona”ga qarshi o‘tkazadi. “Manchester Yunayted” esa Dortmundning “Borussiya”si bilan bahslashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real MYu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing