Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyligidan ketdi

Sport

image

Bugun, 12 yanvar kuni Xabi Alonso Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi lavozimini tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida tark etdi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

44 yoshli mutaxassis jamoani joriy mavsum oldidan qabul qilib olgandi. Kecha, 11 yanvar kuni “Real” Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Xabi Alonso “Real” muxlislari orasida doimo mehr va hurmatga sazovor bo‘lib qoladi, chunki u klub afsonasi va har doim bizning qadriyatlarimizni munosib ifodalab kelgan. “Real” har doim uning uyi bo‘lib qoladi.

Klub Alonso va uning butun murabbiylar shtabiga ushbu davrdagi mehnati va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildiradi hamda hayotining yangi bosqichida omad tilaydi”, deyiladi bayonotda.

“Real”ning yangi bosh murabbiyi etib avval ikkinchi jamoa bilan ishlagan Alvaro Arbeloa tayinlandi. “Real” navbatdagi uchrashuvini Ispaniya Kubogi doirasida joriy yilning 14 yanvar kuni “Albasete”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Real” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasining umumiy bosqichida esa madridliklar yettinchi pog‘onani egallab turibdi. Xabi Alonso “Real”ga kelguniga qadar Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqargan. U ushbu jamoa bilan Germaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u “Real Sosedad”ning zaxira jamoasida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan. Xabi Alonso futbolchi sifatida “Real” safida Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya Kubogi va bir marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan


Maqola muallifi

Teglar

Real Xabi Alonso Al'varo Arbeloa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing