Arteta London derbisida Alonsoni mag‘lub etdi 

Sport

image

Kecha, 6 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasining 3-turida “Arsenal” o‘z maydonida “Chelsi”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisobni Morgan Rojers 77-soniyada ochdi. “Arsenal” birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Kay Haversning goli bilan muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 50-daqiqada Martin Edegor jamoasining ikkinchi golini kiritib, “kanonirlar”ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, “Arsenal” mavsumdagi uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko to‘pladi. Mikel Arteta shogirdlari turnir jadvalida “Manchester Siti” bilan birga yetakchilik qilmoqda. “Chelsi” esa 6 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso uchun mazkur bahs jamoa boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida londonliklar mavsumdagi dastlabki ikki Premer-liga uchrashuvi va Liga kubogidagi bahsda g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, keyingi turda “Arsenal” joriy yilning 12 sentyabr kuni safarda “Sanderlend”ga qarshi maydonga tushadi. “Chelsi” esa shu kuni o‘z maydonida “Xall Siti”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing