“Çelsi” APLda ketma-ket uçinçi mağlubiyatini qabul qildi
Sport
−
349 1 daqiqa
Keça, 27 noyabr kuni Angliya Premer-ligasining 12-turida “Nottingem Forest” öz maydonida “Çelsi”ni mağlub etdi. Nottingem şahrida bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvda hisob 5-daqiqada oçildi. “Nottingem Forest” hujumçisi Igor Jezus jamoasini oldinga olib çiqdi. 51-daqiqada Morgan Gibbs-Uayt penaltidan foydalanib, hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Uç daqiqa ötib, Emanuel Emega “Çelsi”ning birinçi golini kiritdi. 72-daqiqada Gibbs-Uayt özining ikkinçi golini urib, mezbonlarning ustunligini yanada oşirdi. 89-daqiqada Emega dubl qayd etdi, biroq bu “Çelsi”ni mağlubiyatdan qutqariş uçun yetarli bölmadi.
Şu tariqa, “Çelsi” Angliya Premer-ligasida ketma-ket uçinçi mağlubiyatini qabul qildi. Jamoa 16 oçko bilan turnir jadvalining 8-poğonasida bormoqda. 12 oçko jamğargan “Nottingem Forest” esa 14-öringa kötarildi.
“Çelsi” keyingi uçraşuvini joriy yilning 2 dekabr kuni öz maydonida turnir jadvalining sönggi örnida borayotgan “Kristal Pelas”ga qarşi ötkazadi. “Nottingem Forest” esa şu kuni safarda “Xall Siti” bilan bahs olib boradi.
Live
Barçasi