MYU jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan Grinvuddan voz kechdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” o‘z veb-sayti va internet-do‘konidan hujumchi Meyson Grinvudga tegishli barcha mahsulotlarni olib tashladi.

Hozirda Grinvud nomi yozilgan futbolka yoki boshqa mahsulotlarni sotib olishning iloji yo‘q. MYU onlayn-do‘konida biror narsa sotib olish uchun uning ismi qidirilganda, “Kechirasiz, sizning qidiruvingiz uchun hech qanday mahsulot topilmadi”, degan yozuv paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 yoshli futbolchining sevgilisi Xarriyet Robson ijtimoiy tarmoqlarda kaltaklanish izlarini ko‘rsatgan va Meysonni zo‘ravonlikda ayblagan edi va politsiya uni hibsga oldi.“Manchester Yunayted” rahbariyati esa Grinvudni o‘yin va mashg‘ulotlardan chetlatgan.

Ma’lumot uchun, Grinvud "Qizil Iblislar" safida Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepadi. Meyson muxlislar tomonidan dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Grinvud

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing