MYU muxlislari Maguayr o‘rniga boshqa futbolchi jamoa sardori bo‘lishini xohlamoqda 

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning ko‘plab ishqibozlari Angliya kubogi yarim finalidagi “Brayton”ga qarshi o‘yindan keyin jamoa sardori Garri Maguayrning o‘rniga Bruno Fernandeshni yangi sardor sifatida tayinlanishini talab qilgan.  Bu haqda “Manutd.one” xabar berdi.

Bruno yarim final bahsida zaxiradan maydonga tushdi va penaltilar seriyasida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Bu vaziyat tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirdi. Shu sababli muxlislar futbolchini klubning yangi lideri sifatida ko‘rmoqda. 

MYU muxlislaridan bir nechtasi Maguayr haqida salbiy fikr bildirdi.

“Maguayrda sardorga xos bo‘lgan yagona narsa bu uning yengidagi bog‘ichdir. U jamoadoshlari orasida hurmatini yo‘qotdi va unda yetakchilik qobiliyati yo‘q. To‘g‘risi bu achinarli holat. Bruno butun klubning haqiqiy yetakchisi va u sardor bo‘lishi kerak. U jamoani yaxshi boshqara oladi”, deydi MYU muxlisi.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Garri Maguayr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing