MYU Reshford bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin
Sport
−
12 yanvar 2022
2154“Manchester Yunayted” hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinisha, bu masala kelasi yozda klub uchun ustuvor masala bo‘ladi. Reshfordning “Qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigaga qadar amal qiladi.
MYU 24 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi yomon o‘yinidan xavotirda, ammo bu shartnoma uzaytirilishiga ta’sir o‘tkazmaydi. Klub joriy yilning avgust oyida Reshfordga operatsiyadan keyin tiklanish uchun vaqt berishga tayyor.
Markus 2016 yildan beri “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasida to‘p tepadi. U APL joriy mavsumida 11 ta o‘yin o‘tkazgan va 2 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi