“Barselona” Reshford transferidan voz kechdi
Sport
−
16:44 689 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni to‘liq sotib olishdan rejasidan voz kechdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli angliyalik futbolchi allaqachon ijtimoiy tarmoqlardagi profilidan “Barselona” nomi va klubga oid ma’lumotlarni olib tashlagan.
Manbaga ko‘ra, bunday qarorga “Nyukasl Yunayted” vingeri Entoni Gordonning transferi sabab bo‘lgan. Kataloniya klubi avvalroq, chap qanot pozitsiyasida o‘ynaydigan 25 yoshli futbolchini tarkibga qo‘shib olgandi.
Ayni paytda Reshfordga “Bavariya” va “Real Madrid” klublari qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, har ikki klub ham transfer uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda. Reshford 2025-2026 yilgi mavsumda “Barselona” safida ijara asosida to‘p surdi. U La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi