“Barselona”ning yozgi transfer maqsadlari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi yozgi transfer oynasida klubda ijara asosidagi harakat qilayotgan futbolchilarni saqlab qolishni asosiy maqsad hisoblamoqda. Bu haqida mashhur jurnalist va insayder Ikrom Konur xabar berdi.

Konurning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar 2025-2026 yilgi mavsum uchun jamoaga ijara asosida kelgan hujumchi Markus Reshford va himoyachi Joau Kanseluni saqlab qolmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” har ikki futbolchini olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Angliyalik qanot hujumchisining transfer huquqlari “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lsa, portugaliyalik himoyachining transfer huquqi hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga tegishli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum yakunida “Barselona” Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar La Liganing so‘ngi turida “Valensiya” maydoniga safar qiladi. Ushbu bahs joriy yilning 23 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Markus Reshford Joau Kanselu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing