“Barselona” Flik bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image
“Barselona” o‘zining bosh murabbiyi Xansi Flik bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Kataloniya klubining matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassisning yangi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Shartnoma kecha, 18 may kuni “Barselona” qarorgohida imzolandi. Marosimda klub vitse-prezidenti Rafael Yuste, sport direktori Deko hamda sport komissiyasining boshqa a’zolari ishtirok etgan. Shuningdek, klub prezidenti Joan Laporta ham imzolash jarayonida qatnashdi.

Ma’lumot uchun, Xansi Flik 2024 yil yozidan buyon “Barselona”ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda kataloniyaliklar La Liga chempionligini qo‘lga kiritishdi va “Real Madrid”ga qarshi o‘yindagi 2:0 hisobidagi g‘alabadan keyin muddatidan avval oltin medallarni kafolatladi. Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” joriy mavsumda Ispaniya Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan shartnoma imzolagani haqda xabar berilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Xansi Flik Shartnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing