MYU a’zosi APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deya tan olindi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya chempionatining rasmiy sayti xabar berdi.

Reshford bu mavsumda ikkinchi marta, faoliyatida davomida esa uchinchi marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi. 

Angliyalik futbolchi 2019 yil yanvar va 2022 yil sentyabr oylarida “oyning eng yaxshi futbolchisi” deb tan olingandi.

Yanvar oyida “Manchester Yunayted” hujumchisi o‘tkazilgan to‘rtta o‘yinning uchtasida gol urdi. Reshford “Bornmut”, “Manchester Siti” va Londonning “Arsenal” klubi darvozasiga to‘p kiritdi. Ovoz berishda Reshford Daniyel Byorn (“Nyukasl”), Brennan Jonson (“Nottingem Forest”), Riyod Mahrez (“Manchester Siti”), Solomon Marsh (“Brayton”), Devid Raya (“Brentford”) va Bukayo Saka (“Arsenal”)ni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum klubi safida APLda 20 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing