Muzqaymoq yeyayotgan Bayden G‘azoda sulh tuzilishiga umid bildirdi (video)
Olam
−
27 fevral
7460AQSH Prezidenti Jo Bayden yalpizli muzqaymoq yeyayotib, jurnalistlarga Isroil va HAMAS o‘rtasidagi G‘azo sektoridagi o‘t ochish tez orada to‘xtashini aytdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
“Dam olish kunlari oxirigacha. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchim menga kelishuvga yaqin ekanimizni aytdi. Biz yaqinmiz, lekin u hali to‘liq kelishuvga erishmadik. Va umid qilamanki, kelasi dushanbaga qadar biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzamiz”, degan Bayden.
Amerika yetakchisi komik Set Mayers bilan birga Nyu-Yorkdagi NBC televideniyesi binosiga tashrif buyurganida, muzqaymoq do‘konida to‘xtab, u yerda jurnalistlar qurshovida qolgan. Bundan oldin Oq uy rahbari tok-shou uchun intervyu bergan.
OAV xabarlariga ko‘ra, Bayden komediyachi bilan suhbat o‘tkazar ekan, binoning qabulxonasida o‘nlab faollar namoyish o‘tkazgan va 50 ga yaqin odam hibsga olingan.
LiveBarchasi