Mustaqil Falastin davlati tashkil qilinishi kerak – Xitoy Yaqin Sharq muammosidagi o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi

Olam

image
Falastin Isroil masalasida Putindan yordam so‘radi north_east

Falastin Isroil masalasida Putindan yordam so‘radi

Xitoy tomoni Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududining bir qismini anneksiya qilish rejalaridan jiddiy xavotirda. Bu borada Xitoy Falastin xalqining to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda “Sinxua“ axborot agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 20 may kuni Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq va Falastindagi vaziyatga bag‘ishlangan videokonferensiyasida o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi. Vakilning so‘zlariga ko‘rsa, bu muammoning yechimi Falastin davlatini tashkil qilish hisoblanadi.

“Xitoy “ikki xalq uchun ikki davlat“ tamoyili Falastin muammosini hal qilishning yagona yo‘li deb hisoblaydi. Xitoy mojaro va keskinlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun manfaatdor tomonlarni har qanday bir tomonlama harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi“, deydi Chjan Szyun.

Shuningdek, Xitoy vakilining ta’kidlashicha, Pekin har qanday davlatning tegishli bir tomonlama harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qarshi. Xavfsizlik Kengashi xavfli bir tomonlama xatti-harakatlarning oldini olish va BMT rezolyutsiyalariga hamda Pan-Arab tinchlik tashabbusiga muvofiq Falastin va Isroil o‘rtasida tinchlik muzokaralarini tezroq tiklashga yordam berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi shart.

Chjan Szyun Falastin masalasi Yaqin Sharqdagi beqarorlik manbayi ekanligini ta’kidladi. Mustaqil davlatni yaratish Falastin xalqining ajralmas milliy qonunidir, bu holatda tortishuv bo‘lishi mumkin emas. Xitoy tomoni Falastin xalqining qonuniy huquqlarini tiklashning adolatli harakatini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi va 1967 yilda chegaralar ichida va poytaxti Sharqiy Quddusda to‘liq suveren va mustaqil Falastin davlatini yaratishni yoqlaydi. XXR xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda Yaqin Sharqda imkon qadar qisqa vaqt ichida keng qamrovli, adolatli va barqaror tinchlikka erishish uchun tinmay mehnat qiladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Yaqin Sharq Falastin Isroil

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing