Falastin Isroil masalasida Putindan yordam so‘radi

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Isroil bilan muzokaralarni tashkil etishda yordam berishini so‘rab murojaat yubordi. Bu haqda Falastinning Moskvadagi elchisi Abdel Hafiz Nofal ma’lum qildi.

“Biz Isroil bilan muzokaralarni ikki davlat prinsipi asosida davom ettirishni juda xohlaymiz“, deydi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, Falastin Rossiya tomonidan ushbu mojaroni hal qilish uchun konferensiya o‘tkazishni so‘ragan.

Avvalroq, Falastin Isroil va AQSH bilan barcha kelishuvlarni buzishga qaror qilgan edi. Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin ushbu davlatlar bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bo‘yicha barcha majburiyatlardan ozod qilinadi. Ma’muriyat rahbari Falastin muzokaralarga faqat uchinchi tomon vositachiligi bilan qaytishini qo‘shimcha qildi.

Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyaxu joriy yilning 17 may kuni G‘arbiy Sohil va Iordan vodiysidagi yahudiy aholi punktlari foydasiga Falastin hududlarini anneksiya qilish vaqti kelganini aytib o‘tdi. Bunga qadar AQSH bunday qadamni qo‘yishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Falastin

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing