Mushakbozlik vaqtidagi yong‘in, xotirlangan Karimov, AQSHga yopirilgan to‘fon va boshqa xabarlar

Jamiyat

2 avgust sanasi ham yakuniga yetyapti. Quyida bugunning eyeng muhim xabarlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Samarqandda mudhish YTH natijasida aka-singil qurbon bo‘ldi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

YTH joriy yilning 31 avgust kuni taxminan soat 5:30 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Balandravot” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashagan 30 yoshli A.B. Nexia avtomobilida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 21 yoshli E.G‘. boshqaruvidagi KamAZ rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

Shahram ko‘tarildi, u Shohjahon bilan yonma-yon

Butunjahon boks assotsiatsiyasi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bir necha kun oldin kolumbiyalik raqibini nokautga uchratgan Shahram G‘iyosov birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (63,5 kilogramm) o‘ninchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu vaznda boshqa bir bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi kabi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Ta’lim vaziri korrupsiya va xodimlari haqida yozdi

Qozog‘iston Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetov tizimda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash doirasida u o‘z qo‘l ostidagilar tomonidan sabotaj qilinishga tayyorligini ma’lum qildi. Vazir o‘zining Facebook`dagi sahifasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi postni e’lon qildi. U postda korrupsiyaga qarshi kurashdagi yetti yo‘nalishini sanab o‘tdi.

Islom Karimov so‘nggi manzilga qanday kuzatilgandi?

2 sentyabr. Bundan roppa-rosa 3 yil avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatning Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning 78 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etgani haqida rasmiy ma’lumot berildi. Islom Karimov 3 sentyabr kuni o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Samarqand zaminiga dafn etildi. 

AQSHda juda kuchli to‘fon kuzatilyapti

AQSHda "Dorian" to‘foni sabab Dorian shahrida 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Janubiy Karolina va Jorjiya shtatida bugun, 2 sentyabr kuni majburiy evakuatsiya boshlanishi kerak.

17 yoshli yigit xayriya uchun yig‘ilgan qariyb 25 mln so‘mni o‘g‘irladi

Joriy yilning avgust oyida Ahmadjon A. ijtimoiy tarmoqlar orqali jiddiy kasallikka chalingan o‘g‘lini davolashga pul yig‘ish uchun odamlardan yordam so‘ragan. Odamlarning yordami bilan operatsiya uchun 24 596 000 so‘m pul yig‘ilgan.

Telegram messenjeridagi guruhlardan birida mazkur e’lonni ko‘rib qolgan noma’lum shaxslar ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, kartaga pul o‘tkazishlarini aytib, tasdiqlovchi kod raqamini so‘raydi. Shundan so‘ng e’longa ilova qilingan 16 raqamli karta kodidan foydalanib, yuqoridagi summani to‘lig‘icha o‘z hisob raqamiga o‘tkazib oladi.

Mirziyoyev Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov SSSR Mudofaa vaziriga nima degan edi?

Islom Karimovning 1991 yil 6 sentyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Bu yangilikni “hazm qila olmagan” Kreml O‘zbekiston rahbariyatiga tazyiq o‘tkazishni boshlaydi.

SSSR mudofaa vaziri g‘ayriodatiy tuyulgan bu holdan xavotirga tushib, Islom Karimovga telefon qilgan paytda yangi tayinlangan Rustam Ahmedov Prezident huzurida bo‘lgan.

Samarqand va Qarshida mushakbozlik yong‘in bilan yakunlandi

Kecha, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan mamlakatning turli shaharlarida mushakbozlik tomoshalari uyushtirildi.

Biroq Qarshi va Samarqanddagi mushakbozliklar yong‘in bilan yakunlandi.

Abdusalom Azizov JCH-2022 saralashi oldidan futbolchilar bilan uchrashdi

Yaqin orada futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati-2022 saralashining ikkinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati ikkala terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining soni ma’lum bo‘ldi

Bugungi kunda 3 mlnga yaqin o‘zbekistonlik xorijda migrant sifatida mehnat qilib yuribti. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas’ul xodimi Azim Ahmatov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 29 sentyabr kuni Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladigan ushbu boks oqshomidan jami 7 ta jang o‘rin olgan.

Markaziy jang Fazliddin G‘oibnazarov ishtirokida o‘tkazilib, 10 raunddan iborat bo‘ladi. Shu kunlarda Fazliddin Toshkentda murabbiyi Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazyapti.

Maktablarda o‘qituvchilarni rag‘batlantirishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Har bir fan bo‘yicha eng ilg‘or o‘qituvchilarning darslarini mavzular kesimida videotasvirga olinib, internet tarmog‘iga joylashtirib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar muhokamasi vaqtida aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing