Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolov koronavirusga chalingan
Jamiyat
−
18 iyul 2020
18362Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning holati barqaror.
Jumladan, Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holatini Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb tahlil qildi.
Bugungi kunda ularning holati stabil deb topildi, olib borilayotgan davolash taktikasi to‘g‘riligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilayotgani ta’kidlandi.
LiveBarchasi