Murodov rossiyalik yengilmas sportchiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi.  Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Murodov navbatdagi jangini 2024 yilning 3 fevral kuni tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida rossiyalik Aliashab Xizriyevga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jang oqshomi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, London shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida Mahmud Murodov amerikalik MMA'chi Brayan Barberanani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgandi. Murodov bu orqali 2 ta mag‘lubiyatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bunga qadar u UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan. 

Uning bo‘lajak raqibi esa MMA'da shu kunga qadar 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas Mahmud Murodov Nevada UFC Fight Night Aliashab Xizriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing