Murod Xonto‘rayev YTHga uchrab, vafot etdi

Sport

image
0:00
0:00
download
Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi north_east

Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 19 iyul kuni MMA jangchisi, "Osiyo ayig‘i" nomi bilan tanilgan Murod Xonto‘rayev “Chorvoq” suv ombori yo‘lida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi.

Mazkur YTH yuzasidan rasmiy idoralar hozircha ma’lumot bermadi. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, marhum sportchi BMW rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlangan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov ham Murod Xonto‘rayevning vafot etganini tasdiqlab, ta’ziya bildirgan.

Ma’lumot uchun, Murod Xonto‘rayev 1987 yil 4 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazgan va 12 g‘alabaga erishgan. U O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti edi.


Maqola muallifi

Teglar

Murod Xonto'raev

Baholaganlar

4393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing