Murod Xonto‘rayevning o‘limida aybdorlar topildimi? Jinoyat ishi harakatdan tugatildi
3-sahifa
−
04 yanvar 2022
26874Xabaringiz bor, 2021 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 33 yoshida mudhish avtohalokat sabab vafot etgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Biroq ushbu jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
QALAMPIR.UZ ushbu jinoyat ishi tergovi va YTH qanday sodir bo‘lganini aniqlash borasida huquq-tartibot organlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotganini o‘rgandi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishlaricha, MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev YTH oqibatida vafot etganligi, u bilan birga bo‘lgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga o‘rtacha, o‘g‘ir jarohat yetmagani hamda o‘lim holati kuzatilmagani sababli ayblilik masalasi bo‘yicha Murod Xonto‘rayev tomonidan Yo‘l harakati qoidalarining 3, 4, 73, 77 hamda 79 bandlari buzilganligi inobatga olinib, haydovchi Xonto‘rayev mazkur YTHning sodir etilishiga sabab bo‘lib, o‘zi vafot etgani tufayli va ishda jinoyat tarkibiy elementlari mavjud bo‘lmagani inobatga olinib, olib borilgan dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Murod Xonto‘rayev vafoti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2021 yilning 30 sentyabr kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ta’kidlanishicha, YTH ishtirokchisi bo‘lgan Gentra rusumli avtomobiliga yetkazilgan zarar Xonto‘rayevning BMW mashinasi sug‘urtasidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Osiyo ayig‘i" nomi bilan tanilgan MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev ishtirokidagi YTH joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida sodir bo‘lgan. Bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokidagi to‘qnashuvda BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
Oqibatda BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Murod Xonto‘rayev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi Jasur Anorboyev tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
LiveBarchasi