Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH tergovi qanday olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 33 yoshida avtohalokat sabab vafot etgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Bir necha kundan so‘ng, YTH sodir bo‘lganiga 2 oy to‘ladi. QALAMPIR.UZ ushbu jinoyat ishi tergovi va YTH qanday sodir bo‘lganini aniqlash borasida huquq-tartibot organlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotganini o‘rgandi.

QALAMPIR.UZ’ning Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasidagi manbasiga ko‘ra, bugungi kunda Tergov Boshqarmasi tomonidan Jinoyat ishi hujjatlari va YTHga uchragan avtomobillar – BMW X5 va Lacetti Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga Sud transport-trasologiya ekspertizasi o‘tkazish uchun taqdim etilgan.

Ushbu jinoyat ishiga to‘rt nafar tergovchi jalb qilingan. 

Agar ekspertiza xulosasida YTH sodir bo‘lishida Murod Xonto‘rayev aybdor deb topilsa, jinoyat ish hujjatlari tugatiladi.

Lacetti avtomashinasi aybdor deb topilsa, ekspertiza xulosasi va ish hujjatlari sudga oshiriladi.

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilinishicha, ekspertiza xulosalari bir necha kundan keyin e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Osiyo ayig‘i" nomi bilan tanilgan MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev ishtirokidagi YTH joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida sodir bo‘lgan. Bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokidagi to‘qnashuvda BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

Oqibatda BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Murod Xonto‘rayev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi Jasur Anorboyev tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Quyida QALAMPIR.UZ'ning Murod Xonto‘rayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan "G‘animat" filmini tomosha qilishingiz mumkin. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Murod Xonto'raev

Baholaganlar

1402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing