Murod Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, vafot etgani haqida xabar bergan edik.

IIV YHXBB Xonto‘rayev vafot etgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, YTH bugun, 19 iyul kuni soat 11:30 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida sodir bo‘lgan. Bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Oqibatda BMW X5 rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Murod Xonto'raev

Baholaganlar

4234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing