Munosabatlardagi keskinlik: Ozarbayjon va Eron TIV rahbarlari o‘zaro kelishmovchiliklarni muhokama qildi

Olam

image

Ozarbayjon va Eron Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Husayn Amir Abdullohiyan telefon orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qildi. Suhbatda so‘nggi paytlarda kuzatilgan ritorika do‘stona munosabatlar darajasiga to‘g‘ri kelmasligi qayd etildi. Bu haqda Ozarbayjon diplomatik idorasi xabar bergan.  

Joriy yil sentyabr oyining o‘rtalarida Tehron va Baku o‘rtasidagi keskinlik kuchaydi. Eron rasmiylari Ozarbayjonning Isroil bilan yaqindan hamkorlik qilayotganidan shubhalanmoqda. Eron Isroilni Ozarbayjon orqali o‘z chegaralariga yaqinlashishga, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatdan foydalanishga urinishda, shuningdek Baku va Tehron o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyatni qo‘zg‘atishda ayblagan. 

“Vazirlar ikki mamlakat munosabatlarining hozirgi holati haqida fikr almashdilar. Tomonlar yaqinda kuzatilgan ritorikalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar darajasiga to‘g‘ri kelmasligini va barcha kelishmovchiliklarni muloqot yo‘li bilan hal qilish kerakligini ta’kidladilar”, deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Qayd etilishicha, vazirlar mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilish tamoyiliga doimo rioya qilish muhimligini ta’kidlagan, shuningdek tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilgan. 

Avvalroq, Eron Ozarbayjon Harbiy havo kuchlari samolyotlari uchun mamlakat havo maydonini yopgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing