Mundial munosabati bilan Argentinadan Dohaga maxsus reyslar tashkil qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentinaning davlatga qarashli Aerolineas Argentinas aviakompaniyasi mamlakat terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finaliga chiqqani munosabati bilan Qatar poytaxti Dohaga yangi reys qo‘shdi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

“Oltin orzuga qadamma-qadam. Niderlandiyani mag‘lub etish uchun terma jamoa barcha argentinaliklarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj. Biz Dohaga yangi reyslarni tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Yangi reyslar 6 dekabr kuni amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Yakshanba kuni soat 00:30 holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan 08:30), aviakompaniya veb-saytida 6 dekabr uchun ekonom klassdagi uchta mavjud chipta ko‘rsatilgan.

Argentina shanba kuni 1/8 finalda Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 9 dekabr kuni janubiy amerikaliklar Lusail shahridagi "Milliy" stadionida chorak finalda Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing