Mukofotlangan birinchi xonim, o‘zgarayotgan nikoh yoshi, VMning so‘kong‘ich xodimi va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 17 avgust kunining eng muhim xabarlari bilan quyida tanishing.

Vazirlar Mahkamasining qo‘pol va so‘kong‘ich xodimi ishdan bo‘shatildi (video)

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida kecha, 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilindi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shifokorni urgan FHDYO xodimi ishi sudga oshirildi

Avvalroq, Buxoro viloyatining Jondor tumanida FHDYO xodimi shifokorni kaltaklagani va Spark avtomobilida uning Cobalt`iga qasddan bir necha marta borib urgani haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati IIB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi. Joriy yilning 11 avgust kuni soat 20:45 da Jondor tuman IIB Navbatchilik qismiga tuman tibbiyot birlashmasida janjal bo‘layotganligi bo‘yicha kelib tushgan xabarga asosan tergov-tezkor guruhi xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishgan.

Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Respublikasiga tashrifiga tayorgarlik ko‘rilyapti. Bu haqda kecha, 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvda ta’kidlab o‘tildi.

Sobiq Bosh vazir hibsxonadan shifoxonaga olib ketildi

Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqov Milliy kasalxonaning 2-sonli nevrologiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Sapar Isoqovni rafiqasi Malika Arstanbekova kasalxonaga olib kelgan. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, Isoqov shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. 

Rossiyada migrantlar soni ma’lum qilindi. O‘zbekistonliklar birinchilikda

2019 yildan boshlab Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati mamlakatga ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari sonini hisobga olishni boshladi. 2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida 2,4 million xorijlik Rossiyaga ishlash uchun kelgan. 

O‘zbekistonda qizlar uchun nikoh yoshi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish, ya’ni yoshlar uchun nikoh yoshini o‘zgartirish rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Bu yil paxta terimida qanchadan haq to‘lanadi?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig “2019 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ukraina parchalanib ketishi aytildi

“Hozirgi Ukrainada yashashning iloji yo‘q, shuning uchun rasmiylar Qrim va Donbassdan tashqari yana bir qancha mintaqalarni yo‘qotish xavfiga duchor bo‘lmoqda”, dedi Oliy Radaning sobiq deputati Aleksey Juravko.

O‘zbekistonliklar va ozarbayjonliklar bozorda janjallashdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Salova ko‘chasidagi bozorda travmatik qurol ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi. Natijada uch kishi jabrlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, janjalda umumiy 8 nafar O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ishtirok etgan. Janjal ishtirokchilaridan biri raqibiga tayoq bilan hujum qilgan.

Putin Mehribon Aliyevani mukofotladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Birinchi vitse-prezidenti, davlat rahbarining rafiqasi Mehribon Aliyevani Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.

Anomal issiq yana qaytadi

Sinoptiklarga ko‘ra, Qozog‘istonning g‘arbi va janubida harorat ko‘rsatkichlarining yana ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda harorat 40 darajaga ko‘tarilishi mumkin.

Prezident o‘qituvchilarning oyligini ikki barobar oshirishni buyurdi

Bugungi kunda o‘qituvchilarning ish haqi Qozog‘istondagi o‘rtacha ish haqining atigi 65 foizini tashkil etadi, dedi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Qozog‘iston Prezidenti o‘qituvchilarning avgust konferensiyasida nutq so‘zladi va hukumatga ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing