Muxtorxon Toshxo‘jayev orden bilan taqdirlandi

Sport

image

O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi rahbari Muxtorxon Toshxo‘jayev Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining faxriy ordeni bilan, para sportchi Asila Mirzayorova esa qit’aning “Eng yaxshi ayol para atleti” sovrini bilan taqdirlandi.  O‘zbekiston vakillariga mukofotlar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining yakuniga yetib borayotgan joriy 2023 yil sarhisobi bo‘yicha eng munosiblarni taqdirlash marosimida topshirildi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxo‘jayevning yurtimizda va Osiyo qit’asida Paralimpiya harakatini rivojlantirishda qo‘shayotgan xizmatlari munosib baholandi va tashkilotning Osiyo ordeni bilan taqdirlandi”, deyiladi manba xabarida.

Shuningdek, Asila Mirzayorovaga qit’ada tengsiz sportchi deb topilgan.

“Yana bir ahamiyatli jihati, para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova esa qit’aning “Eng yaxshi ayol para atleti”degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi”, deyiladi Paralimpiya qo‘mitasi xabarida. 

Ma’lumot uchun, Mirzayorova shu yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida ham g‘olib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Muxtorxon Toshxo'jaev Asila Mirzayorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing