Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov xalqaro kengashga qabul qilindi 

Jamiyat

image

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov kecha, 9 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yig‘ilishiga qabul qilindi. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining kengash a’zoligiga qabul qilish haqidagi qarorni o‘qib eshittirgan. 

“Ahmad Toyyib janoblari o‘z so‘zida Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko‘plab ulamolar orasidan faqatgina O‘zbekiston muftiysi kengashga a’zo qilinganiga alohida urg‘uladi”, deya qo‘shimcha qilingan idoraning xabarida. 

Shuningdek, yig‘ilishda ishtirok etgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari muftiyning Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinishi tarixiy voqea ekanini aytib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, 15 yil mobaynida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rahbari bo‘lgan Usmonxon Alimov vafotidan so‘ng, 2021 yilning 19 oktyabr kuni Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Nuriddin Xoliqnazarov idora raisi etib tayinlangandi. U bungacha Xalqaro musulmon ulamolar kengashi a’zoligiga ham qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

kengash Nuriddin Xoliqnazarov Muftiy Musulmon donishmandlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing