Mudofaa vazirligiga qarashli binoni ta’mirlashni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdori pul berishni talab qilgan mansabdorlar qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning rahbari va yurist-konsulti 4 nafar jinoiy sheriklari bilan kelishgan holda, boshqa bir qurilish firmasi boshlig‘iga Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida rejalashtirilgan 65 mlrd so‘mlik kapital ta’mirlash ishlarini olib berish evaziga, shartnoma qiymatining 4 foizi miqdorida pul berishini talab qilishadi va oldindan 30 ming AQSH dollari so‘rashadi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar Mudofaa vazirligining umumiy qiymati 110 mlrd so‘mni tashkil etuvchi boshqa qurilish ob’ektlarini surxondaryolik ikki mijozga olib berishni rejalashtirganliklari ham ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mudofa

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing