Mudofaa vaziri o‘rinbosari Regbi federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2019
5639O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov Regbi federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Bugun, 24 sentyabr kuni Azizbek Ikromov regbi sportini rivojlantirish, ham erkaklar, ham ayollar terma jamoalari uchun Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish bo‘yicha muhokama olib bordi.
Unda mavjud imkoniyatlar va bajarilishi lozim bo‘lgan muhim chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Sport maydonlarining umumiy ahvoli va moddiy texnik baza o‘rganildi. Muhokama yakunida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishib olindi.
General-mayor Azizbek Ikromov bir vaqtning o‘zida mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamdir.
LiveBarchasi