Qurolli kuchlar vazirlik va idoralarining kengash yig‘ilishi o‘tkazildi
Jamiyat
−
01 avgust 4097 1 daqiqa
Bugun, 1 avgust kuni Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qahramon Isroilov raisligida Qurolli kuchlar vazirlik va idoralarining muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, videokonferensaloqada Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov, Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov, Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov, IIV Qorovul qo‘shinlari va DXX Chegara qo‘shinlari, Qurolli kuchlar tizimidagi barcha harbiy okrug, qo‘shilma, harbiy qism, muassasa, doimiy nazorat-tekshiruv idoralari, shuningdek, harbiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi rahbarlari ishtirok etgan.

Muloqotda joriy yilning o‘tgan davrida qo‘shinlarning qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqilgan.

Prezident, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar natijalariga alohida urg‘u berilgan.

Sohalarni raqamlashtirish ishlari, shuningdek, kiberxavfsizlikni, harbiy xizmatchilarning huquqlarini, oila a’zolarining bandligini va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, salomatligini saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bu jabhalarda hamkorlikdagi tadbirlar muhokama qilingan.

Yakunida, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan.
Live
Barchasi