Shuhrat Xolmuhammedov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
19:04 6359 1 daqiqa
Bugun, 12 oktyabr kuni Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Mudofaa vaziri Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berilgan. U Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, u 2024 yilning noyabr oyida Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi