Botir Qudratxo‘jayev Mudofaa vaziri bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Botir Qudratxo‘jayev 2014−2016 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori, 2016-2017 yillarda Toshkent shahar prokurori,  2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2020-2022 yillarda Xorazm viloyati prokurori, 2022 yildan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimida ishlagan. U 2025 yilning fevral oyidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ishlagan.   

Eslatib o‘tamiz, u joriy yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing