Botir Qudratxo‘jayev Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i bo‘ldi
Jamiyat
−
28 yanvar 5158 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Botir Qudratxo‘jayev 2014−2016 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori, 2016-2017 yillarda Toshkent shahar prokurori, 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2020-2022 yillarda Xorazm viloyati prokurori, 2022 yildan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimida ishlagan. U 2025 yilning fevral oyida Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Azizbek Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.