Yevgeniy Xmara Ukrainaning yangi Mudofaa vaziri bo‘ldi
Olam
−
19 avgust 1218 1 daqiqa
Ukraina Oliy Radasi Yevgeniy Xmarani mamlakat Mudofaa vaziri etib tayinladi. Uning nomzodini zarur bo‘lgan 226 ta ovoz o‘rniga 312 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda parlament saytid xabar berildi.
Yevgeniy Xmaraning nomzodini parlamentga Prezident Vladimir Zelenskiy kiritgan edi. U 20 iyuldan beri mudofaa idorasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgandi.
Xmara iyul oyida lavozimini tark etgan Mixail Fyodorovning o‘rnini egalladi. Vladimir Zelenskiy kadrlar bo‘yicha bu qarorning sabablari qatorida Fyodorov va o‘sha paytda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini egallagan Aleksandr Sirskiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni, shuningdek, frontda, brigadalarda va safarbarlik sohasida hal etilmagan muammolarni ko‘rsatgandi.
Fyodorovning iste’fosi Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarida norozilik aksiyalarini keltirib chiqardi. Aksiya ishtirokchilari uni lavozimiga qaytarishni va Sirskiyni ishdan bo‘shatishni talab qildi.
Yevgeniy Xmara 2026 yilning yanvar oyidan iyul oyigacha Ukraina Xavfsizlik xizmati (rahbari vazifasini vaqtincha bajargan. Bungacha u UXXning “Alfa” nomi bilan tanilgan “A” Maxsus operatsiyalar markaziga rahbarlik qilgan. Ukraina OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Xmara 2022 yilning yozida Zmeiniy orolini ozod qilish operatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Live
BarchasiIrina Mudra qo‘lga olindi
19 avgust