O‘zbekiston harbiy prokurori ishdan olindi
Jamiyat
−
19 may 13382 1 daqiqa
Bugun, 19 may kuni Otabek Akbarovich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
Ma’lumot uchun, Otabek Xolboyev o‘tgan yilning may oyida mazkur lavozimga tayinlangan edi. Undan oldin esa Harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Uning nima uchun ishdan olingani ma’lum emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qahramon Anvarovich Isroilov uning o‘rniga Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori etib tayinlandi.
Live
Barchasi